Toshkentda pulli “parkovka” uchun toʻlovlar miqdori tasdiqlandi

Parking hududlari 5 ta tarif zonasiga boʻlinadi

“Toshkent shahrida transport vositalarining pulli toʻxtab turish joylari faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi Toshkent shahri hokimi 16-oktyabr kuni imzolandi.

Qaror bilan, Toshkent shahrida transport vositalarining pulli toʻxtab turish joylarini tashkil etish tartibi va transport vositalarining pulli toʻxtab turish joylaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar miqdorlari tasdiqlandi.

Hujjatda parking hududlari 5 ta tarif zonasiga boʻlinishi belgilandi.

Ayrim guruh nogironlari, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga bepul xizmat koʻrsatiladi. Shuningdek, davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydigan ikki gʻildirakli transport vositalari bepul joylashtirilishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling