Namangan viloyatining Pop tumanida huquqbuzar I.A. taqiqlangan usulda baliq ovlab, olib chiqib ketayotgan vaqtida qoʻlga olindi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Holat yuzasidan fuqarodan tushuntirish xati olinib, unga nisbatan dalolatnoma va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirildi.
Shuningdek, I.A. hayvonot dunyosiga 225 million soʻm miqdorda zarar yetkazganligi aniqlandi.
Holatga huquqiy baho berish uchun toʻplangan hujjatlar prokuratura organlariga yuborildi.