Ohangaron shahrida “Vatanparvar” tashkiloti Ohangaron shahar klubi oʻrgatuvchi ustasi F.X. fuqaro R.K.ga goʻyoki YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 900 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Zarafshon shahrida fuqaro I.I. fuqaro Yu.P.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida “V.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 700 AQSH dollari va 2,3 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib,tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.