8—12-fevral kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Ushbu hududlar:
- Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining togʻlari);
- Namangan viloyati Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.
“Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.