FIFA tomonidan The Best sovrinini topshirish marosimi oʻtkazildi. Unda Madridning “Real” futbolchisi Vinisius oʻtgan mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi sovrini ham “Real” klubiga nasib qildi. Jamoaning italiyalik ustozi Karlo Anchelotti “Arsenal”ning sobiq ustozi Arsen Vengerdan mukofotni qabul qildi.

“Aston Villa” klubining argentinalik darvozaboni FIFA tomonidan oʻtgan mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

“Manchester Yunayted”ning argentinalik yarim himoyachisi tomonidan 2023-yilning 26-noyabr kuni “Everton” darvozasiga akrobatik usulda yoʻllagan supergol FIFA tomonidan yil goli deb topildi va futbolchi Pushkash mukofotini qoʻlga kiritdi.

FIFA talqiniga koʻra, oʻtgan mavsum ramziy jamoasidan quyidagi futbolchilar oʻrin oldi:

Darvozabonlar: Emiliano Martines
Himoyachilar: Dani Karvaxal, Antonio Ryudiger, Ruben Diash, Vilyam Saliba
Yarimhimoyachilar: Rodri, Jud Bellinghem, Toni Kroos, Lamin Yamal
Hujumchilar: Erling Holand, Vinitsius.