Toshkentdan Qozonga uchgan samolyot dronlar hujumi sabab aeroportga qo‘nolmadi

Samolyot 80 km masofada aylanib turgan

Toshkentdan uchgan samolyot dronlar hujumi sabab Qozon aeroportiga qo‘na olmadi, deb xabar berdi Flightradar24 portali.

Red Wings aviakompaniyasi samolyoti dronlar hujumi sababli joriy etilgan cheklov oqibatida Qozon aeroportiga qo‘na olmagan.

Samolyot 80 km masofada aylanib turgan.

Shundan so‘ng ekipaj Samara aeroportidagi zaxira aerodromga yo‘l olishga qaror qilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling