Toshkentning ikkita tummanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

Ta‘mirlash ishlari tufayli 5-dekabr kuni Sergeli va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu hududlar:

  • Sergeli tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha) - "Keng Makon",”Nomdanak” va “Qush Qo‘rg‘on” MFY;
  • Yashnobod tumani (10:00 dan 18:30 gacha)— “Amir Temur” ,“Chinor” MFY va “G‘alabaning 40 yilligi” 1,2,3,4 mavzelari.

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling