Toshkent aeroportida “shampun” ichiga dori yashirib oʻtishga uringan shaxs toʻxtatib qolindi

Hozirda bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Toshkent xalqaro aeroportidan “shampun” ichiga dori yashirib oʻtishga urinish fosh qilindi, deb xabar bermoqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi.

Maʼlum qilinishicha, Dehlidan uchib kelgan fuqaroning yoʻl sumkasi tekshirilganda, soch yuvish vositasiga ustamonlik bilan yashirilgan, belgilangan tartibda bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, ogʻzaki soʻrovda aytilmagan, hech qanday hujjatlarga ega boʻlmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

Fuqaro shisha idishda jami 199 dona EUTRIG hamda ampula koʻrinishidagi 120 dona SODIUM CHLORIDE INJECTION IP nomli dori vositalari, shuningdek, 19 dona stomatologiya uchun sement (plomba)ni yashirib olib oʻtmoqchi boʻlgan.

Ularning taxminiy qiymati 30 mln soʻmni tashkil etmoqda.

Hozirda bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling