Ohangaron tumanida joylashgan “N.” MCHJga qarashli mineral oʻgʻit ishlab chiqarish sexida gaz taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan 1 dona bugʻ qozoni va 2 dona ikki konturli isitish qozonida noqonuniy ravishda tabiiy gazdan foydalanilgan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida davlat manfaatlariga 8 mlrd 743 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling