Toshkent viloyatidagi hayvonot bogʻida 3 ta sher qorovulga hujum qildi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

17-dekabr kuni Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan “Lion park” xususiy hayvonot bogʻida bir qafasda saqlanayotgan 3 ta sher hayvoni qafasdan hayvonot bogʻi hovlisiga chiqib ketgan.

Voqea vaqtida maskan ish faoliyatida boʻlmagan va yopiq boʻlgan. Hovliga chiqib ketgan sherlar shu yerda qorovul boʻlib ishlovchi, 1980-y.t. fuqaro (F.I.)ga tashlanib unga jarohat yetkazgan. 44 yoshli fuqaro olgan tan jarohati natijasida vafot etgan.

Koʻrilgan choralar natijasida sherlar maxsus qafasga qaytarilgan. Atrofdagi boshqa shaxslarga zarar yetmagan. Hozirda mahalliy aholi uchun xavf-xatar yoq.

Holat yuzasidan Parkent tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling