Nukus shahrida fuqaro D.J. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro A.S.ni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali shahardagi tugʻruqxonaga 3 100 AQSH dollari evaziga ishga kiritib qoʻyishini vaʼda qilib, oldindan 1 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Navoiy shahrida fuqarolar X.R. va F.T. fuqaro D.X. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni shahardagi tibbiyot muassasalariga ishga kiritib qoʻyishlari evaziga 69,5 mln soʻm pul va 700 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.