Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida joylashgan “S.N.” MCHJ qarashli tosh maydalash karyeri elektr hisoblagichdan tashqari elektr qurilmasini ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 1 mlrd 435 mln soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling