Namanganda 5,2 tonna Ai-80 benzinni hech qanday sababsiz sotmasdan saqlab turgan zapravkaga chora koʻrildi

Ushbu AYOQSH birja savdolarida ishtirok etishi toʻxtatildi

Aholini sifatli neft mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida AYOQSHlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, Namangan viloyati Davlatobod tumanida joylashgan “X.-a.“ MCHJga qarashli avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasiga taʼminotchi omboridan olib kelingan 5,2 tonna Ai-80 markali avtobenzin mavjud boʻlsada shoxobchada hech qanday sabablarsiz sotilmasdan saqlab turilganligi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, Samarqand shahrida joylashgan ”A.B.S." MCHJga qarashli AYOQSHda sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda AI-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYOQSHlar birja savdolarida ishtirok etishi toʻxtatildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling