Dam olish kunlari Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Harorat 21-22-dekabrda kechalari 5-10 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari 2 daraja sovuq-3 darada iliq atrofida boʻladi.
Toshkent shahrida bugun vaqti-vaqti bilan biroz qor yogʻadi, tuman tushadi. Harorat 0-2 daraja iliq boʻladi.
Shanba va yakshanba kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 5-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-3 daraja iliq boʻladi.
Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling