Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Avazbek Ergashev 58 yoshida vafot etdi.
Avazbek Ergashev 1966-yilda Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. Avazbek Yaqubjanovich o‘z mehnat faoliyatini 1983-yilda Oltinko‘l tumani "Oq-tepa" shirkat xo‘jaligi a’zosi sifatida boshlagan.
1992-2022-yillarda Andijon viloyati Oltinko‘l tumani «Oq-tepa» shirkat xo‘jaligi a’zosi, entomolog-agronomi, bosh agronomi, rais o‘rinbosari, Oltinko‘l tumani qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi urug‘chilik bo‘limi bosh mutaxassisi, Andijon viloyati «Paxta urug‘chilik» birlashmasi raisi, O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi "Gʻo‘za urug‘chiligi" respublika markazi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
2023-yildan buyon Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.