Surxondaryodagi fermer xo‘jaligida qariyb yarim mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Termiz tumanida 433,6 mln so‘mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi, deb xabar berdi “O‘zenergoinspeksiya”.

Maʼlum qilinishicha, “S. Y.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv chiqarish nasosi elektr hisoblagichdan tashqari ulangan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta‘minoti korxonasiga 433,6 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling