Otabek Tursunov Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
O.Tursunov 1984 - yilda Andijon viloyati Andijon shahrida tugʻilgan. U ilk mehnat faoliyatini Andijon shahar “Sanoat qurilish temp” MCHJ taʼminotchisi vazifasidan boshlagan.
Faoliyati davomida Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida masʼuliyatli lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar, Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling