Toshkent shahrida 2024-yili 1 280 ta yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarorida soʻz borgan.
Maʼlum qilinishicha, mazkur hodisalarning 1 189 tasi tan jarohati, 91 tasi oʻlim kabi ogʻir oqibatlar bilan yakunlangan.
Shuningdek, 720 ta piyodalar bilan bogʻliq, tezlik bilan bogʻliq 98 ta YTH qayd etilgan.
Maʼlumot uchun, 2024-yili respublika boʻylab jami 9364 ta yoʻl-transport hodisasi rasman qayd etilgan. Hodisalar oqibatida 2 203 nafar inson halok boʻlgan. Shuningdek, 8 901 nafar inson tan jarohati olgan.