Fargʻona viloyatida neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi boʻyicha noqonuniy holat aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” xabar berdi.
Neft mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shugʻillanuvchi “N.O.” MCHJ 252,8 mln soʻmlik 32 ming litr Ai-80 benzinni noqonuniy tarzda naqd pulga sotish uchun Toshkentga olib kelgan vaqtda ushlandi.
Mazkur MCHJning neft mahsulotini noqonuniy sotuvga chiqarilishi yuzasidan IIV tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.