Toshkent va Namanganda fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Toshkent shahri va Namangan viloyatida o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Maʼlum qilinishicha, Uchtepa tumanida fuqaro D.X. fuqaro Z.A.ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasiga kirish uchun o‘tkaziladigan ijodiy imtihondan yuqori ball olib berib, davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan.

Buning evaziga 2 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Norin tumanida fuqaro A.V. fuqaro J.U.ning ishonchiga kirib, uni Toshkentdagi xususiy universitetlardan biriga 3-kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling