Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentda qandolat ishlab chiqarish korxonasining omborxonasi yonib ketdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida  joylashgan qandolat ishlab chiqarish korxonasining omborxonasida 2-iyul kuni soat 02:47 da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:56 da yong‘inga yetib borib, 03:49 da yong‘in qurshab olingan va soat 05:22 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling