Oʻzbekistonning 4 ta hududida zilzila sodir boʻldi

Zilzila episentri Toshkentdan 290 km janubiy-sharqda

23-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 13:33 da Qirgʻizistonda zilzila sodir boʻldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Zilzila koordinatalari: 39,5 gradus shimoliy kenglik; 71,74 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,3. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 290 km janubiy-sharqda.

Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Fargʻona viloyatida 2-3 ball, 98 km.
  • Andijon viloyatida 2 ball, 151 km.
  • Namangan viloyatida 2 ball, 167 km.
  • Toshkent shahrida 2 ball, 290 km.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling