Saidova Zebo Behbudovna Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Z.Saidova 1978-yilda Samarqand tumanida tugʻilgan. Mazkur tayinlovga qadar Samarqand shahar hokimining oʻrinbosari - oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.
Normurodova Gulnora Ikromovna Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Gulnora Normurodova 1985-yilda Jizzax tumanida tugʻilgan. U mazkur tayinlovga qadar Savdo sanoat palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.
Normirzayeva Nilufar Anvarjanovna - Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

N. Normizayeva 1976-yil Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. Mutaxassisligi - musiqa oʻqituvchisi, milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi.
U faoliyati davomida Yangiyoʻl tumani hokimligining bir qator masʼul lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Tayinlovga qadar, Yangiyoʻl tumani hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.