Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 22-avgust kuni Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Viloyat hokimi v.b. Ulug‘bek Mustafoyev tuman hokimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzod Xusan Abduvoxidovni deputatlarga tanishtirdi.
Shundan so‘ng, viloyat hokimining Xusan Abduvoxidovni Paxtakor tumani hokimi v.b. etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori ma‘qullandi.
Xusan Abduvoxidov lavozimga tayinlangunga qadar 2023-yildan buyon BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihada moliyaviy masalalar bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishlab kelgan.