26-oktyabr kuni Qibray tumanida fuqaro S.S. boshqaruvidagi “Range Rover” rusumli avtomashinaga qarata 2 nafar nomaʼlum shaxs oʻqotar quroldan bir necha marotaba oʻq uzib, qasddan odam oʻldirishga suiiqasd qilib, nomaʼlum tomonga yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97 (Qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish) hamda 248 (Oʻqotar qurolning, oʻq-dorilarning, oʻqotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Bosh prokuratura, Toshkent viloyati, Toshkent shahar, Harbiy, Transport prokuraturalari hamda IIV, viloyat, Toshkent shahar IIBB, Bojxona qoʻmitasi xodimlaridan iborat tarkibda tergov-tezkor guruhi tuzilgan.
Oʻtkazilgan tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarning bir nafari aniqlanib, gumonlanuvchi tariqasida ushlandi.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling