Foto: CentralAsia
Sayyoramizning yarmini qoplagan issiqlik daryolarning sayozlashishiga va suv havzalarining qurib ketishiga olib kelmoqda. Suv havzalarining tubidan juda ko'p qiziqarli topilmalar aniqlandi, deb yozadi BBC.
Yantszi daryosidagi suv sathining pasayishi sabab daryo tubadan uchta budda haykali topildi. Arxeologlarning taxminicha, bu haykallar 600 yillik boʻlishi mumkin.
Qayd etilishicha, Yantszi havzasida iyul oyidan beri yog'ingarchilik me'yordan taxminan 45 foizga past bo'lgan. Shuningdek, Xitoyning janubi-g'arbiy qismida avgust oyining oxirigacha issiq bo'lishi kutilmoqda.
Foto: Reuters
Yevropada so'nggi 500 yildagi eng dahshatli qurg'oqchilik Dunay daryosidagi suvning qariyb bir asrdagi eng past darajadan biriga tushib ketishiga sabab bo'lgan. Suv sathining keskin tushib ketishi natijasida, daryo tubidan portlovchi moddalar o'rnatilgan o'nlab nemis harbiy kemalarining qoldiqlari topildi. Ushbu kemalar Ikkinchi jahon urushi paytida Serbiya daryosining Praxovo port shahri yaqinida cho'kib ketgan.
Bu kemalar 1944-yilda fashistlar Germaniyasining Qora dengiz floti tomonidan Sovet qo'shinlaridan chekinish chog'ida Dunay daryosiga tushib ketgan edi.
Aytilishicha, ularning aksariyatida hali ham tonnalab o'q-dorilar va portlovchi moddalar bor.
Foto: Reuters
Iroqda uzoq davom etgan qurg'oqchilik mahalliy hosilni xavf ostiga qo'ygan. Mamlakat rasmiylarini dalalarni sug'orish uchun Mosul suv omboridan suv chiqarishga majbur bo'lgan.
Ombordagi suv sathi pastlaganidan so'ng, uning ostidan qadimiy shahar xarobalari topilgan. Arxeologlar xarobalar miloddan avvalgi 1400 yilga to'g'ri kelishi mumkinligini tahmin qilmoqda. Xarobalar Mitanni imperiyasidagi Zakiku shahriga tegishli bo'lishi mumkin. Bu imperiya eramizdan avvalgi 1550-1350 yillarda Shimoliy Suriya va Mesopotamiyaning bir qismini nazorat qilgan.
Foto: Reuters
Yomg'irning yo'qligi va ko'p kunlar davom etgan issiq havo ko'plab Yevropa davlatlarida qurg'oqchilikka sabab bo'ldi. Bir necha ming yillar ilgari toshga o'yib yozilgan turli ogohlantirishlar sayoz daryolarda suv yuzasiga chiqdi. Bular faqat kuchli qurg'oqchilik davrida ko'rinadigan "och toshlar" bo'lib, ularda suv tanqisligi va ular bilan bog'liq ofatlar natijasida yuzaga kelgan o'tmishdagi tabiiy ofatlar haqidagi ogohlantirishlar bor.
Elbadan topilgan "och tosh"dagi eng qadimgi yozuv 1616-yilga tegishli bo'lib, unda "Meni ko'rsangiz yig'lang" deb yozilgan.
Foto: Reuters
Texas markazidagi sayoz daryo tubida 113 million yillik dinozavr izlari topildi.
Avgust oyining o'rtalarida shtatning deyarli 90 foizi haddan tashqari issiqlik oqibatida qurg'oqchilikka uchragan.
Arxeologlar topilgan izlarni "yolg‘iz qo'riqchining yo'li" deb atashgan. Ular bu yo'l bo'ylab taxminan 30 metr yurgan bitta akrokantozavrga tegishli. Akrokantozavrlar uch barmoqli orqa oyoqlarida yuradigan teropod dinozavrlaridir. Ularning bo'yi 4,5 metr bo'lib, vazni taxminan 7 tonnani tashkil etadi.
Foto: Reuters
Italiyaning Po daryosining sayoz qirg'og'ida baliqchilar tomonidan 450 kilogramm portlamagan bomba topildi. Italiyada so'nggi 70 yil ichidagi eng kuchli qurg'oqchilik kuzatilmoqda. 650 km uzunlikdagi daryo deyarli qurib qolgan. Shuningdek, Italiya harbiylari Lombard qishlog'i Borgo Virgilio yaqinida 240 kg portlovchi moddani o'z ichiga olgan portlamagan bomba topishgan.
Foto: Reuters
Rimdagi Tiber daryosida milodiy 54-yildan to 68-yilda o'z joniga qasd qilguniga qadar hukmronlik qilgan imperator Neron davrida qurilgan koʻprik xarobalari paydo bo'ldi. Bu yil Tiber daryosi rekord darajada pastlagan.
Ko'prik Mars dalasini Tiberning qarama-qarshi qirg'og'i bilan bog'laydi.
Foto: Reuters
Ispaniyalik dehqonlar nobud bo'lgan hosildan qayg'urmoqda. Biroq o'n yilliklardagi eng kuchli qurg'oqchilikning kutilmagan nojo'ya ta'siri arxeologlarni quvontirdi. Markaziy Kaseres provinsiyasidagi Valdekanas suv ombori tubida tarixdan oldingi tosh doira paydo bo'ldi, u yerda suv sathi uchdan bir qismga pasaygan.
Doira Ispaniya Stonehenge deb ataladigan Guadalperal dolmen bo'lib, u miloddan avvalgi 5000 yilga to'g'ri keladi.
Foto: Reuters
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling