Urganch shahriga Xitoyning “Zhongtong” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 50 ta zamonaviy avtobus olib kelindi.
2024-yil oxirigacha ushbu rusumdagi avtobuslardan yana 30 tasi keltiriladi.
Natijada shaharda 16 ta yoʻnalishda 148 ta avtobus harakatlanib, har kuni 136 ming nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratiladi.
Bu orqali shaharda yoʻlovchi tashish hajmi ikki barobardan ziyod ortadi va qatnovlarning oraliq intervali 18 daqiqadan 10 daqiqaga qisqaradi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling