19-dekabr kuni Boʻstonliq tumani, “Fazogir” MFYda yashovchi fuqaro tuman IIB boshligʻi nomiga ariza bilan murojaat qildi.
Oʻz murojaatida “Fazogir” MFYda yashagan opasi, pochchasi va jiyani yashash xonadonida vafot etganligini maʼlum qilgan.
Boʻstonliq tuman STEning dastlabki maʼlumotnomasiga koʻra, opaning oʻlimi is gazidan zaharlanish oqibatida sodir boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling