Yangi Toshkent shahri qurilishi uchun Yuqori Chirchiq tumanidan yana yer maydoni ajratildi

Tumanning ”Oʻzbekiston“, ”Guliston“, ”Istiqlol“ mahallalaridagi hududlar ”Yangi Toshkent shahri" hududiga oʻtkazilmoqda

Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori bilan Yuqori Chirchiq tumanidan davlat zaxirasiga qaytarilgan hamda toifasi oʻzgartirilgan 110,4 gektar yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”ga ajratib berildi. Bu haqda Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, tumanning ”Oʻzbekiston“, ”Guliston“, ”Istiqlol“ mahallalaridagi hududlar ”Yangi Toshkent shahri" hududiga oʻtkazilmoqda.

Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi tomonidan mazkur yer maydonlarini belgilangan tartibda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling