Toshkent shahrining Yangihayot tumani, Do‘stlik-2 dahasi, 13-uy orqasida 2-iyul kuni soat 04:07 da elektromobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.
Yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 04:13 da yetib borib, yong‘in soat 04:25 da o‘chirildi.
Hodisa oqibatida bir fuqaro kuyish tan jarohati olish natijasida shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.