Jizzaxda 13 sotix yerni 300 mlnga sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

Umuman olganda yer sotish bilan bogʻliq 36 ta jinoyatlar fosh etilgan

Jizzaxda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarda 822 gektar yer maydonlari talon-toroj qilinganligi aniqlanib, 111 ta jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan, 6 ta holatda 55 gektar sugʻoriladigan yerlarda fuqarolar noqonuniy uy-joy qurganligi oqibatida, davlatga 13,3 mlrd soʻm zarar yetkazgan.

Masalan, fuqaro J.X.ning arizasiga asosan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Yo.D. fuqaro J.X.ni aldab, Zomin tumanida oʻzboshimchalik bilan egallab olingan jami 0,13 gektar yer maydonini 300 mln soʻmga sotishga kelishib, 200 mln soʻm hamda 8 ming dollar olgan vaqtda ushlangan.

Yer sotish bilan bogʻliq 36 ta jinoyatlar fosh etilib, 362 gektar yerlarning noqonuniy muomalasining oldi olingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling