18-dekabr kuni soat 07:30 larda Samarqand shahar Narpay yoʻli koʻchasida avtobus haydovchisi yoʻlning belgilanmagan qismidan, oʻng tomondan chap tomonga harakatlanib oʻtayotgan piyodani urib yubordi.
Piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling