Toshkent viloyatida sifatsiz dori vositalari va buyumlarining savdosiga chek qo‘yildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar berdi DXX.

Unda Toshkentda yashovchi, 1996-y.t. shaxs sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 9500 dona “Menavazin”, 1300 dona “Glitserin” va 2000 dona “Metralin” dori vositalari hamda infuzion eritmalar quyish uchun mo‘ljallangan 56 880 dona sistema tibbiy buyumlarini jami 9700 dollar va 2 mln 550 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.

Tekshiruv davomida “Glitserin” suyuqligi qo‘lbola usulda tayyorlanib, qadoqlanganligi maʼlum bo‘ldi. 

Mazkur tibbiy dori vositalari va buyumlarini respublika hududida sotish, tashish va amaliyotda qo‘llash taqiqlanadi. 

Holat yuzasidan mazkur fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling