Jahon Chempionati - 2026 uchinchi saralash bosqichi doirasida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi KXDR bilan oʻyin oʻtkazdi.
Laosda boʻlib oʻtgan bahsning 44 daqiqasida Abbosbek Fayzullayev uzoqdan zarba berib hisobni ochdi. Ikkinchi boʻlimning katta qismi esa Shimoliy Koreya ustunligida oʻtdi.
85 daqiqada Umar Eshmurodov Oʻzbekiston jarima maydonchasi ichida raqibga nisbatan qoʻpollik ishlatdi. Bosh hakam unga qizil kartochka koʻrsatdi va penalti belgiladi.
Penaltidan berilgan zarbani darvozabon Oʻtkir Yusupov qaytarib yubordi. Oʻyin yakuniga qadar hisob oʻzgarmadi va Oʻzbekiston MTJ 3 ochko olib, jami ochkolar sonini 13 taga yetkazib qoʻydi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling