Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi boʻlib oʻtmoqda.
Prezident Yangi Oʻzbekiston yangi parlamenti bilan birga oʻz taraqqiyotining hal qiluvchi bosqichiga qadam qoʻyayotganini taʼkidladi. Bu yangi davrda kechagi talab va mezonlar bilan, eskicha ishlab boʻlmasligi qayd etildi.
Shu bois Hukumat oʻz faoliyatini mutlaqo yangicha asosda tashkil etishi kerak, buning uchun unga kuchli rahbar, yaʼni, Bosh vazir zarur.
Davlat rahbari bu masalani atroflicha oʻylab, Bosh vazir lavozimiga Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodini koʻrsatishga qaror qilganini aytdi.
Abdulla Aripov katta tashkilotchilik salohiyatiga ega boʻlgan, ijro hokimiyati tizimida boy bilim va tajriba orttirgan, masʼuliyatni doimo chuqur his etadigan rahbar ekani taʼkidlandi.
Ushbu nomzod bugun Hukumat oldiga qoʻyilgan, koʻlami va miqyosi benihoya katta boʻlgan muhim vazifalarni hal etishda Vazirlar Mahkamasi faoliyatini samarali tashkil qilishi, Hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar rahbarlarini birlashtirib, yagona maqsad sari safarbar eta olishiga ishonch bildirildi.
Prezident Abdulla Aripov nomzodini deputatlar muhokamasiga taqdim etdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling