Afgʻoniston tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijalariga koʻra oʻzbek haydovchilaridan mamlakat hududida undiriladigan yigʻimlar 6 500 afgʻoni miqdorida (taxminan 99 AQSH dollari) kamaytirildi. Bu haqda Oʻzbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, Amudaryo koʻprigidan oʻtish uchun avval 12 000 afgʻoni (taxminan 182 AQSH dollari) miqdorida undiriladigan yigʻimni joriy yil 28-sentyabrdan 7 000 afgʻoni (taxminan 106 AQSH dollari) etib belgilandi;
Afgʻonistonga yuk avtotransport vositasini kirishi uchun avval 5 000 afgʻoni (taxminan 76 AQSH dollari) miqdorida undiriladigan yigʻim esa 3 500 afgʻoni (taxminan 53 AQSH dollari) etib belgiladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling