Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afgʻonistonning Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatida faoliyatini boshlayotgan Abdul Gʻaffor Teraviy bilan uchrashdi. Bu haqda vazirning Telegram-kanalida xabar berildi.
“Mamlakatlarimiz oʻrtasadagi mushtarak tarix va farovonlik manfaatlari barcha sohalardagi hamkorlik aloqalarimizni rivojlantirishga turtki boʻlib xizmat qilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama, mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilingan.