Qashqadaryoda imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim boʻlgan koʻmirni sotayotgan shaxslar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Qashqadaryo viloyatida fuqaro R.K. “Koʻmir taʼminot” MCHJning Qarshi shahri koʻmir ombori masʼul shaxslari bilan oʻzaro til biriktirib, kuz-qish mavsumida imtiyozli narxlarda aholiga tarqatilishi lozim boʻlgan 70 tonna koʻmirni fuqaro R.X.ga 4 000 dollarga sotishga kelishib, shundan dastlab 4 tonna koʻmirni ombordan olib chiqib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv jarayonida ushbu koʻmir ombori masʼul shaxslari umumiy bahosi 388,8 mln soʻmlik jami 451,4 tonna imtiyozli koʻmirni qimmat narxlarda sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling