Buxoro viloyatining Jondor tumanida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Maʼlum qilinishicha, tumandagi “D.D.” oilaviy korxonasiga qarashli savdo doʻkonida 9 turdagi jami 833 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotish maqsadida tayyorlab qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling