Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonov va Istiqbolli loyihalar agentligi direktori Dmitriy Li hayotiga suiqasd buyurtmasini kimlar bajargani maʼlum boʻldi. Bu haqda Vzglyad.uz va Lenta.ru nashrlari oʻz manbalariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, suiqasd ijrochilari Bislan Rasayev hamda Shamil Temirxanov. Ular Chechenistonda yashaydigan ikki Rossiya fuqarosi ekani aniqlanib, Interpol qidiruviga berilgan.
Jinoyatchilar Komil Allamjonov va Dmitriy Lini oʻldirish buyurtmasini bajarish maqsadida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegaralarini noqonuniy kesib oʻtgan. Suiqasd ishi uchun ularga 1,5 million AQSH dollari vaʼda qilingan.
Hozirga qadar Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Rasayev va Temirxonov boʻyicha rasmiy axborot bergani yoʻq.
Dmitriy Li — 2022-yilda Istiqbolli loyihalar agentligi direktori lavozimiga tayinlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling