Oʻzbekiston Harbiy sudida bugun, 12-fevral kuni fuqaro Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdga oid jinoyat ishi doirasida 10 nafar shaxsga nisbatan sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.
Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq Shuhrat Rasulovga 23 yil, Javlan Yunusovga 18 yil 6 oy, Shoxrux Axmedovga 23 yil, Ismoil Jahongirovga 23 yil va Doniyor Toshxoʻjayevga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Qolgan 5 nafar sudlanuvchiga qilmishiga muvofiq ravishda turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.