Qo‘qondagi korxonalarning birida ammiak sizib chiqishi sodir bo‘ldi

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 7 nafar fuqaro shifoxonaga murojaat qilgan. 

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida joylashgan korxonalarning biriga 16 may kuni soat 20:30 da temir yo‘l orqali olib kelingan ammiak kislotasi poyezd sisternasidan maxsus sisternaga bo‘shatilayotgan vaqtda kam miqdorda to‘kilishi kuzatilgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Zudlik bilan hodisa joyiga tegishli xizmatlar kuch va vositalari jalb etilib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 7 nafar fuqaro shifoxonaga murojaat qilgan. 

Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ahvollari yaxshi bo‘lganligi bois uyiga ruxsat berilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling