Ilhom Sobirov Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ilhom Sobirov 1974-yilda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tugʻilgan.
Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi standartlar va innovatsiyalarni joriy qilish hamda grantlarni jalb qilish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling