Andijonda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan shaxslar bor

Andijon tumanining “Ming oʻrik” MFY hududida 21-fevral kuni soat 22:10 larda YTH sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, “Asaka - Andijon” yoʻnalishi boʻylab katta tezlikda harakatlanib kelayotgan Nexia–3 haydovchisi oraliq masofa saqlamasdan, oʻzi bilan bir yoʻnalishda oldinda chorrahadan ortga qayrilib olmoqchi boʻlgan yana bir Nexia-3 avtomashinasining orqasidan borib urilgan. 

Oqibatda rul boshqaruvini yoʻqotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Labo hamda SWM G01 avtomashinalar bilan toʻqnashgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olib shahar shifoxonasiga murojaat qilgan shaxslar bor.

Holat yuzasidan hozirda Andijon tumani IIB YHXG masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling