Birinchi bo‘limda hisob ochilmagan bo‘lsa, tanaffusdan keyin Entoni Gordon Angliyani oldinga olib chiqdi.
Hisobda ortda qolayotgan Argentina o‘yin oxirida bosimni kuchaytirdi. 85-daqiqada Lionel Messining assistidan keyin Enso Fernandes hisobni tenglashtirdi.
Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Messi yana o‘z so‘zini aytdi. Uning navbatdagi aniq uzatmasidan keyin zaxiradan maydonga tushgan Lautaro Martines bosh bilan g‘alaba golini kiritdi.
Shu tariqa Argentina ketma-ket ikkinchi Jahon chempionati finaliga chiqdi va hal qiluvchi bahsda Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Angliya esa uchinchi o‘rin uchun Fransiya bilan kuch sinashadi.