Namanganga 12 dona avtobus olib kelindi

2024–2025-yillarda viloyatga jami 96 ta avtobus olib kelingan.

Namangan viloyatdagi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona tomonidan 12 ta ANKAI rusumli avtobuslar olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Mazkur avtobuslar shahar ichi yo‘nalishlariga brutto-shartnoma asosida joylashtiriladi.

Maʼlumot uchun, 2024–2025-yillarda viloyatga jami 96 ta, jumladan, 36 ta Yutong hamda 60 ta Zhongtong rusumli avtobuslar olib kelingan. 

Ayni paytda ushbu transport vositalari viloyat markazida 9 ta yo‘nalishda brutto shartnomasi asosida harakatlanmoqda. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling