Hafta davomida havo harorati 44 darajagacha ko‘tariladi

13-14-iyul kunlari ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha issiq va asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Faqat Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

Hududning katta qismida havo harorati 38-41 daraja atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 42-44 darajagacha bo‘ladi.

Keyinchalik ish haftasining oxirigacha issiq asta-sekin kuchayib boradi.Kunduzgi havo harorati 41-43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 42-44 darajagacha ko‘tariladi. 

Kechalari havo dim bo‘lib, 23-28 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 28-33 daraja atrofida bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

13-14-iyul kunlari ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

13-iyulda Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona vodiysida tog‘ oldiva tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Bugun va ertaga kunduzgi havo harorati 38-40 daraja, 15-17-iyulda 40-43 daraja, kechalari esa asosan 25-28 daraja bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling