Toʻrt hududda fuqarolarni xorijiy davlatlarga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Urgut tumanida fuqarolar S.A. va S.M. fuqarolar A.N. va B.T.ning ishonchiga kirib, ularni 22 000 AQSH dollari evaziga AQSHga yuborishini vaʼda qilib, oldindan 15 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Uchtepa tumanida fuqaro X.I. fuqaro O.B.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida 2 500 AQSH dollari evaziga Litva davlatiga ishga borishi uchun hujjatlarini rasmiylashtirib, viza olib berishini aytib, shundan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Navoiy shahrida fuqarolar N.Sh. va N.B. fuqaro M.S.ning ishonchiga kirib, uni Janubiy Koreya davlatiga 6 oylik mavsumiy ishga yuborishlari evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. 

Bekobod shahrida fuqaro M.Sh. fuqarolar B.D. va S.D.ni Turkiya davlatiga borishlari uchun tanishlari orqali deportini yechib, viza olib berishi evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling