Prezidentning “2025—2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga bir qator vazifalar topshirildi.
Jumladan, vazirlik 3 oy muddatda AQSH fuqarolari uchun O‘zbekistonga 30 kunlik muddatga vizasiz kirish rejimini joriy qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolariga AQSHga kirish uchun viza talablarini yengillashtirish yuzasidan muzokaralar boshlaydi hamda yakuni bo‘yicha taklif kiritadi.