Yangi yil bayrami tadbirlari vaqtida aholi xavfsizligini taʼminlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida 2024-yilning 10-dekabridan 2025-yilning 15-yanvarigacha ayrim koʻchalar vaqtincha yopiladi.
Bular:
- Zarafshon koʻchasining “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi qoʻriqlash punkti va Matbuotchilar koʻchalari oraligʻidagi qismi;
- Istiqlol koʻchasining A.Temur va Buyuk Turon koʻchalari oraligʻidagi qismi;
- Buyuk Turon koʻchasining Istiqlol koʻchasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha boʻlgan qismida avtotransport vositalari harakati cheklanadi.
Koʻrsatilgan davr mobaynida muqobil yoʻllardan foydalanish tavsiya etilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling